O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 24 may kuni Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Kengayib borayotgan hamkorligimiz haqida atroflicha fikr almashdik. ICESCO’ning istiqbolli tashabbuslarini, jumladan, 2025 yilda Samarqand shahrini Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishini olqishlaymiz”, deya yozgan Saidov.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan harakatlar rejasi imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21615 | Инструменты