O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Jidda shahrida bo'lib o'tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida ishtirok etdi.
"Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari vazirlar yig'ilishida ishtirok etdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Hamkasblarimiz bilan birgalikda mintaqalarimizda umumiy farovonlik yo'lida hamjihatlik muhimligini ta'kidladik. Atrofimizda sodir bo'layotgan chaqiriqlar bo'yicha muntazam almashinuv va muloqotlarni davom ettirish zarur deb hisoblaymiz. Biz barcha hamkorlarimiz bilan do'stona aloqalarni kengaytirish tarafdorimiz".
Alpha version: 0.9.1.19 build 31521 | Инструменты