Huawei 1
Baxtiyor Saidov Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi

25-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Respublikasi Senatori, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.

"Pokiston Respublikasi Senatori, Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik.

Tashqi ishlar vazirliklari Rahbarlarimiz oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish yoʻlida yaqin hamkorlikni davom ettirishini taʼkidladik.

Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, o'zaro savdoni faollashtirish va mintaqaviy bog‘liqlikni rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston temir yo‘li loyihasini muhokama qildik", deya yozgan O'zbekiston TIV rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52801 | Инструменты