O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasining yangi tayinlangan Elchisi Duyshonkul Chotonov janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazirning o‘zi Telegram-kanali orqali xabar qildi.
"Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari har sohada jadal rivojlanib bormoqda. Biz misli ko‘rilmagan yutuqlarga guvoh bo‘lmoqdamiz va ikki tomonlama munosabatlarining to‘liq salohiyatiga erishish uchun yana-da katta marralarga erishishni reja qilmoqdamiz. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida omad tilaymiz", - yozadi vazir.
Eslatib o‘tamiz, Duyshenqul Cho‘tonov o‘tgan yilning dekabr oyida prezident Sadir Japarovning farmoniga muvofiq Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12017 | Инструменты