Huawei 1
Kitob o’qigan mahbuslarning jazo muddati qisqartiriladi

“Milliy tiklanish” partiyasi xorijiy tajribadan kelib chiqib, bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelayotgan edi. Nihoyat bu boʼyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Unga koʼra, tasdiqlangan roʼyxat boʼyicha 1 ta kitob oʼqigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda yiliga koʼpi bilan 10 ta kitob oʼqish mumkinligi belgilanyapti.

Mahkumlar oʼqiydigan adabiyotlar roʼyxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tasdiqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12020 | Инструменты