2024-yilda aholining chet el valyutasini sotish va xarid qilish o‘rtasidagi ijobiy tafovut $6,7 mlrddan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari bo‘yicha qisqacha sharhida keltirilgan.
Yanvar-dekabr oylarida banklar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalari aylanmasi hajmi 2023-yilga nisbatan 19%ga yoki $4 mlrdga oshib, $25,5 mlrdni tashkil etdi.
Bu davrda aholi banklarga $16,1 mlrd (+31%) miqdorida chet el valyutasini sotgan, shu bilan birga, ular tomonidan xarid qilingan chet el valyutasining hajmi $9,4 mlrd (+3) ga yetdi.
Natijada, o‘tgan yil davomida o‘zbekistonliklar banklarga sotib olganidan $6,71 mlrdga ko‘p valyuta sotdi. Markaziy bank bu ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.
Shuningdek, 2024-yilda banklarning mamlakat bo‘ylab valyuta ayirboshlash shoxobchalari umumiy soni 20%ga oshib, 6,2 mingtaga yetkazildi.
Ularning yarmidan ko‘pi yoki 3,4 mingdan ortig‘i uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlaridir. Ular aholi gavjum joylar, turistik hududlar, aeroportlar, vokzallar, mehmonxonalar va savdo majmualarida joylashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12020 | Инструменты