Baxtiyor Saidov TDT Bosh kotibi bilan Budapesht sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi. Bu haqda u o'z Telegram sahifasida ma'lum qildi.
"Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz.
Suhbatimiz konstruktiv ruhda o‘tib, Tashkilotga a’zo barcha davlatlar bilan mustahkam hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Tashkilot doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni samarali hayotga tatbiq etish va istiqboldagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga bag‘ishlandi.
Shuningdek, Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qildik", deya yozgan u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51413 | Инструменты