O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Suhbatimiz konstruktiv ruhda o‘tib, Tashkilotga a’zo barcha davlatlar bilan mustahkam hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Tashkilot doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni samarali hayotga tatbiq etish va istiqboldagi asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga bag‘ishlandi.
Shuningdek, Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ham muhokama qildik", deydi vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51323 | Инструменты