Huawei 1
Baxtiyor Saidov YXHT raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonning YXHT bilan hamkorligi jadal rivojlanayotgani borasida fikr yuritildi.

Xususan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, samarali boshqaruv va inson huquqlarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82819 | Инструменты