Huawei 1
Behzod Hamrayev Statistika agentligi direktori etib tayinlandi

Prezidentning farmoni bilan Behzod Hamrayev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari  lavozimidan ozod etildi.

Behzod Hamroyev 1983 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2006 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2016 yili Yaponiyaning siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan. Ekonometrika va statistika magistri darajasiga ega.

Mehnat faoliyatini Iqtisodiyot vazirligida boshlagan. U 2008 yildan buyon Markaziy bank tizimida ish boshlagan, 2020 yilda MB raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22500 | Инструменты