Huawei 1

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘z telegram kanaliga Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Zakovat Asian Cup II bellashuvlariga bag‘ishlangan rolikni joyladi.

“Kecha kechqurun Bishkek ko‘chalari sahnaga aylandi. O‘zbek va qirg‘iz sanʼatkorlari ko‘chalarni to‘ldirib, milliy kuylarni ijro etishdi. Odamlar to‘xtab videoga oldi, sanʼatkorlarga qarsak chaldi, raqsga tushdi — haqiqiy bayram bo‘ldi! Samimiy qabul uchun tashakkur!”, deb yozdi u.

20 avgust kuni o‘tkaziladigan Zakovat Asian Cup II musobaqasida o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik bilimdonlar o‘zaro kuch sinashadilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82012 | Инструменты