Huawei 1
Toshkent viloyatida 10 sentyabrdan issiq suv va issiqlik taʼminoti tariflari oshiriladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan 10 sentyabrdan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari o‘zgaradi.

Hujjat bilan viloyat «Issiqlik taʼminoti» MCHJ, «Angren shahar issiqlik taʼminoti» MCHJ, Chirchiq shahar «Issiqlik taʼminoti» MCHJ, «Olmaliq shahar issiqlik taʼminoti» MCHJning isteʼmolchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxi o‘zgarmoqda.

Xususan, «Issiqlik taʼminoti» aholiga issiqlik va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun 102 810,4 so‘m/Gkal (QQS bilan) narxni taklif etmoqda. Hozirda u 93 464 so‘mni tashkil etadi. Yuridik shaxslar uchun esa bir Gkal uchun 560 ming so‘mdan 700 ming so‘mga ko‘tariladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81920 | Инструменты