Bugun, 6 noyabr kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 11-yig‘ilishi boshlandi.
Tadbirga Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raislik qilmoqda.
Japarov “Intimak Ordo”ga kirishdan oldin TDTga a’zo davlatlarning har bir yetakchisi – Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Qosim-Jomart To‘qayev, Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, kuzatuvchi davlat – Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni qutladi.
Qo‘l berib ko‘rishish va qo‘shma suratga tushish marosimi yakunida davlat rahbarlari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 11-yig‘ilishini o‘tkazish uchun majlislar zaliga yo‘l oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110617 | Инструменты