Avvalroq, avtobus salon qismining oynasiga ayollar va erkaklar joylashuvi ko‘rsatilgan poster joylanganligi haqidagi xabar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Rasmda ayollarning joyi oldinda, erkaklarniki esa orqada joylashganligi yozib qo‘yilgan. Tarmoq foydalanuvchilari ushbu poster 765-sonli avtobus haydovchisi tomonidan joylanganligini taʼkidlagan. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ o‘rganish ishlarini olib borib, rasmiy munosabat bildirdi.
Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida avtobus salonida joylashtirilgan kuzatuv kamerasidagi tasvirlar tekshirib chiqilgan.
Maʼlum bo‘lishicha, ikki nafar nomaʼlum fuqaro avtobusga chiqib, salonning ichki qismida ayollar va erkaklar joyi ajratilganligini targ‘ib qiluvchi posterni yopishtirib, uni shaxsiy telefoniga suratga olganligi va avtobusdan tushib ketganligi aniqlandi.
"Mazur ikki fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish va qilgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish hamda ularga qonuniy jazo choralarini qo‘llash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo‘llangan",- deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110619 | Инструменты