Huawei 1
Farg‘onada vagon ustiga chiqib, selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

“Millar” dasturining xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 7 sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urib yuborgan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 28 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.

Yigit Bag‘dod tumanida joylashgan 61-sonli umumtaʼlim maktabining 7 sinfida tahsil olgan.

Aniqlanishicha, u belgilanmagan joydan o‘tib, vagon ustiga rasmga tushish uchun chiqqan.

"Bolaning ahvoli juda og‘ir edi. Ko‘rsatilgan yordamlardan so‘ng, zudlik bilanjonlantirishh bo‘limiga olib chiqildi. Tananing yuz, bo‘yin ko‘krak, qorin, qo‘l va son sohalarining 50 foiz atrofida elektr tokidan kuyishi, bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yildi. Hozirda bemorning holati dinamikada yaxshilanib bormoqda",- deydi shifokor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110619 | Инструменты