20-iyun kuni “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nysanbayev ishtirokchilarning ko‘rgazma stendlari bilan tanishdi. Yuqori martabali mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida bo‘lib o‘tdi.
Yerlan Nysanbayev “Eco Expo” ko‘rgazmasini o‘tkazishning ahamiyatini yuqori baholadi va muhim muloqot maydoni ekanligini ta’kidladi.
“Ko‘rgazma dunyo bo‘ylab atrof-muhitni yaxshilashga haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan so‘nggi yutuqlar va innovatsiyalarni o‘zida mujassam qilgan hamda shu tufayli barchaning e’tiborini o‘ziga qaratmoqda”, — dedi Y. Nysanbayev.
Qozog‘iston vaziri, shuningdek, O‘zbekiston tomoniga taklif uchun minnatdorlik bildirib, tadbir yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi.
Tashrif doirasida vazirlar O‘zbekistonning barcha hududlaridagi ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi amaliy yechimlar namoyish etilayotgan stendlar bilan tanishishdi. Chiqindilarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar, shuningdek, 77 gektar maydonda yangi yashil bog‘ barpo etish namunasiga alohida e’tibor qaratildi.
"Biz atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan intilishga guvoh bo‘ldik va bu juda ta'sirli. O'ylaymanki, bizda umumiy va o'xshash ekologik muammolar bor va bugungi kunda ularni mintaqaviy miqyosda kuchlarni birlashtirish orqali hal qilish har qachongidan ham muhimroq", — dedi vazir.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni faol rivojlantirishni davom ettirish niyatida ekanligi, tajriba almashish, mutaxassislar tayyorlash va ekologik siyosatda barqaror tajribani joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22411 | Инструменты