Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmoqda. Sammitda davlat rahbari Afg'onistondagi vaziyatga to'xtalib o'tdi.
“Afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatishni susaytirmaslik, bu yurtdagi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqiramiz.
Bizga mintaqaviy sheriklik va barcha qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlik jarayonlarida faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg‘oniston kerak.
Biz ilgari surayotgan Transafg‘on temir yo‘lini barpo etish tashabbusi aynan mana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.
O‘zbekiston afg‘on xalqiga bundan buyon ham zarur yordamni berib boradi. Termizdagi logistika xabi orqali gumanitar ko‘mak ko‘rsatishni, Taʼlim markazida esa afg‘on fuqarolarini o‘qitishni faol davom ettiramiz”, - deb taʼkidladi davlat rahbari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90823 | Инструменты