2-dekabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi hamda BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad o‘rtasida O‘zbekistonda ijtimoiy himoya masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar qildi.
Uchrashuvda Amina Muhammad Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi vakillarini iliq qarshilab, agentlik faoliyatida ayollarning rolini yuqori baholadi, bu esa ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam berishini taʼkidladi.
“Ushbu tadbir BMTning 2025-yilgi Ijtimoiy sammiti uchun muhim tayyorgarlik platformasi bo‘lishi mumkin”, — deya qayd etgan Amina Muhammad.
Shuningdek, BMTning O‘zbekistonga ijtimoiy himoya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligi taʼkidlandi. Amina Muhammad, shuningdek, BMT bosh kotibi tashabbusi bilan “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” doirasida O‘zbekiston hukumatining o‘zaro hamkorlikdagi tashabbuslarini yuqori baholadi.
Muzokaralar yakunida Amina Muhammad uchrashuv natijalaridan mamnunligini bildirdi va BMTning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ijtimoiy himoya bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishga qiziqish bildirib, barqaror rivojlanishga erishish uchun hamkorlikning muhimligini yana bir bor taʼkidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122309 | Инструменты