Huawei 2
Bokuda Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga kelgach, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi

Haydar Aliyevning mustaqil Ozarbayjonni barpo etish va mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatning jadal rivojlanish davri va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi aynan uning ismi bilan bog‘liq.

Qardosh o‘zbek xalqi bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida e’tibor qaratgan Haydar Aliyevni O'zbekistonda yaxshi bilishadi. O‘zbekistonda uning yuz yillik yubileyi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan pochta markalari bosilgan, turli madaniy-ma’rifiy va ilmiy tadbirlar o‘tkazilgan edi.

Toshkentda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi nomidagi ko‘cha, unga bag‘ishlangan xiyobon va yodgorlik ochilgan.

Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga