Huawei 1
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33-yil bo‘ldi

Bugun davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.

"O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida"gi qonunning 16-moddasida "O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. Ushbu qonuniy asosga binoan 1991-yil 18-noyabrda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz bayrog‘i ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi qoshida tenglar ichra teng bo‘lib hilpiradi.

Mana 33-yildirki, xalqaro sport maydonlarida g‘alabamiz sharafiga yurt bayrog‘i eng yuksakda hilpirab, qalblarimizni cheksiz g‘urur-iftixorga to‘ldirmoqda. Ko‘kda hilpiragan bayroq esa muzaffariyat belgisidir!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111811 | Инструменты