Bugun Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi

Bugun, 18-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Uchrashuvga iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari taklif etilgan. Davlatimiz rahbari tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbir doirasida faol tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты