Huawei 1
Chust, Pop, Namangan va Mingbuloqda ichimlik hamda oqova suvini yaxshilashga $70 mln jalb qilinadi

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Zarkent, Xojikent, Iskovot, Buloqboshi, Yoshlik shaharchalari va Namangan shahrida suv taʼminotini yaxshilash loyihasini jadallashtirishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, Chust, Pop, Namangan va Mingbuloqda ichimlik va oqova suvini yaxshilashga 70 million dollar jalb qilinadi.

Yo‘llarni qurish, taʼmirlash va saqlashga xususiy sektorni yana-da keng jalb qilish, bu borada aniq loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Viloyatdagi 16 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazi tarqoq holda 6 ta tuman va shaharda joylashgan. Oqibatda bemorlar bir shifoxonadan ikkinchisiga sarson bo‘lib, ortiqcha puli va vaqtini sarflayapti.

Shu bois bu 16 ta markaz negizida 3,5 ming o‘ringa ega 2 ta – birinchi va ikkinchi Namangan tibbiyot markazlari tashkil etiladi. Bunda shoshilinch va boshqa tibbiy xizmatlar, diagnostik tekshiruvlar hamda tor soha mutaxassislarini bir joyga jamlash, aholiga tunu-kun xizmat ko‘rsatish imkoni yaratiladi.

Avstriya bilan hamkorlikda Namangan shahrida zamonaviy gemodializ markazini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты