Yusupov Doniyor Mukumdjanovich Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi ma'lum qildi.
Doniyor Yusupov Toshkent avtomobil yo‘llari institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlari qurilishi hamda avtomobil yo‘llari va aerodromlar mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar yo‘l qurilish va ta’mirlash tresti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati hamda Yunusobod tumani hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Yunusobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Qalandarov Muzaffar Iskandarovich – Xorazm viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101318 | Инструменты