Huawei 1
Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

Ko‘p qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi.

Bunda, Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

Ushbu tizim dastlabki bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты