Huawei 1
Endi yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarda tekshiruvlar o‘tkazilmaydi

Senatning ellik to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun rag‘batlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Kodeksga tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tushunchasi kiritilmoqda.

Yuqori barqarorlik reytingiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar bo‘yicha (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) ortiqcha to‘langan summani qaytarish uch kunlik muddatda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno).

Mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash kameral soliq tekshiruvidan o‘tkazilmasdan bir kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Mazkur Qonun soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan va qonunchilik talablariga muvofiq faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Qizg‘in muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102314 | Инструменты