Farxodjon Ismoilov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 1970-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.
F.Ismoilov mehnat faoliyati davomida Farg‘ona shahar sudi sud ijrochisi va prokuratura organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Anvar Oripov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72804 | Инструменты