Huawei 1
Gaz ishlab chiqarish pasaydi va soliqlar tushumi kamaydi

Gaz ishlab chiqarish pasayishi va import ortishi hisobiga bilvosita soliqlar tushumi kamaygan.

O‘zbekiston 1000 metr kub gazni 160 dollardan import qilmoqda. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev maʼlum qildi.

Joriy yilning birinchi yarmida UzGasTrade kompaniyasiga 1 trln so‘m QQS to‘lovi qaytarib berilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi yarim yillikda 5,2 mlrd metr kub gaz import qilgan. Shuning hisobiga 1,3 trln so‘m aksiz solig‘i olinmagan. Chunki tabiiy gaz importiga 0 foizlik stavka qo‘llaniladi.

Olti oyda 13,7 mlrd metr kub gaz ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 mlrd metr kub kam. Shuning hisobiga 104 mlrd so‘mlik aksiz soliqlari kam tushgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91904 | Инструменты