Huawei 1
Germaniya Federal Kansleri Samarqand shahriga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols 15-sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatga keldi.

Samarqand shahri aeroportida Germaniya Hukumati rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.Xo‘jayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Sammitning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi Kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar va ikki mamlakat yetakchilarining ishbilarmonlar bilan uchrashuvi o‘tkazilishi, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91823 | Инструменты