3-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog'istonda bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etdi. Davlat rahbari unda muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Sammit doirasida prezident Shavkat Mirziyoyevga “Turkiy dunyoning oliy ordeni” mukofoti ham topshirilgan edi.
Vengriyaning O'zbekistondagi elchisi Jozef Rozsa "Uzreport" jurnalisti bilan suhbatda ushbu mukofotni Shavkat Mirziyoyevga topshirilgani "juda muhim qaror" ekanligini aytib o'tdi.
"Bu tashkilot biz uchun juda muhim. Chunki bugungi kunda dunyoda keskinlikni kamaytirishda Turkiy davlatlar yetakchi rol o'ynaydi deb hisoblaymiz. Umid qilamizki, biz Yevropada ham turkiy dunyodagi tinchlikparvarligingizni qo'llab-quvvatlay olamiz.
Yig'ilishda O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan taqdirlandi. Biz buni juda muhim qaror deb hisoblaymiz. Ostonada Bosh vazirimiz Shavkat Mirziyoyevga Turkiy dunyo davlatlari raisi sifatida keyingi yillarda amalga oshirgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga kelsak, hamkorlik qilishimiz mumkin bo'lgan ko'plab yo'nalishlar mavjud. Birinchidan, men bank sohasida moliyaviy hamkorlikni misol qilib keltirmoqchiman. Biz O'zbekistonga katta sarmoya kiritganmiz. Bundan tashqari qishloq, suv xo'jaligi, turizm va sanoat tarmoqlari, farmatsevtika, oliy ta'lim va boshqalar ham bor. Bizning fikrimizcha, global jarayonlarga nisbatan pozitsiyamiz ham juda o'xshash. Chunki ikki davlat ham urushlarni tugashini, Yevropa hamda Osiyoda, umuman butun dunyoda tinchlik bo'lishini xohlaydi", - dedi Jozef Rozsa.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты