Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning tegishli qarori bilan Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Normurodova 1985-yilda Jizzax tumanida tugʻilgan. U mazkur tayinlovga qadar Savdo sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yildan 2024-yilgacha viloyat hokimining oʻrinbosari-Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Muxtorova Nazira Abdusattorovna Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121714 | Инструменты