2024-yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, 194 417 nafar oliy taʼlim muassasalari bitiruvchisidan 113 856 nafarining bandligi taʼminlangan
2024-yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, 194 417 nafar oliy taʼlim muassasalari bitiruvchisidan 113 856 nafarining bandligi taʼminlangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Faxriddin Hayitov maʼlum qildi.
147 900 nafar professional taʼlim muassasalari bitiruvchisining74 403 nafari bandligi taʼminlangan.
Joriy yilda maktabni tamomlagan 411 671 nafar bitiruvchidan 228 422 nafarining bandligiga ko‘maklashilgan.
Bugungi kunda ishsiz bo‘lgan 337 307 nafar (44,7%) bitiruvchini ishga joylashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyat va zaxiralar ishga solingan.
2024 yilda 24 545 nafar yoshlar muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarning 1 279 nafari harbiy qismda qolib shartnoma asosida xizmatni davom ettirmoqda.
Ularning 17 787 nafarini doimiy ishga joylashtirish orqali bandligi taʼminlangan.
2 105 nafar harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bugungi kunda norasmiy band hisoblanadi.
216 nafari kasb-hunarga tayyorlash markazlarida qisqa muddatli kurslarda o‘qitilib, bandligi taʼminlangan.
907 nafar yoshlar chet-elga chiqib ketishi, vafot etishi va boshqa qator sabablarga muvofiq hisobdan chiqarilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121714 | Инструменты