Huawei 1
Samarqandda vafot etgan byuti-bloger o‘limidan ikki oy avval nikohdan ajrashmoqchi bo‘lgan

Samarqandlik byuti-bloger G. M.ning (ayol) o‘limi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar davom etar ekan, uning turmush o‘rtog‘i tomonidan nikohni bekor qilish haqidagi ariza fuqarolik sudida juda qisqa vaqtda ko‘rilib, qanoatlantirilganiga oid xabarlar ham uchramoqda.

Aniqlanishicha, G.M. (vafotidan ikki oy avval, turmush o‘rtog‘i birgalikda) nikohdan ajratish haqida sudga emas, balki Samarqand shahar 2-sonli Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organiga ariza bilan murojaat qilgan. Ariza yuzasidan taraflar 2025 yilning 9 yanvar kuni mazkur organga taklif qilingan ekan.

Bundan ko‘rinadiki, ijtimoiy tarmoqlardagi go‘yoki “sud sanoqli kunlarda nikohni bekor qildi” mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga G. M. yoki uning turmush o‘rtog‘i tomonidan nikohdan ajratish yoki boshqa oilaviy nizolar bo‘yicha daʼvo arizalar kelib tushmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121714 | Инструменты