Mazkur hujjatga asosan, “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi”ga muvofiq, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatidagi kasbiy xalq tuzilmasiga aylantirish va qonun ustuvorligi, tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi tashkil etiladi. U ichki ishlar boshqarmasiga xizmatga nomzodlarni tanlash, tizimning shaffofligini ta’minlash, shaxsiy tarkib bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22522 | Инструменты