Huawei 1
Ikrom Muslimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari - sudlov hayʼati raisi etib saylandi

Senatning 57-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Tuxtamuratovich Muslimov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga hamda Olimjon Xamitovich Ismailov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92116 | Инструменты