Huawei 1
Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo'ldi

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ilhom Sobirov tayinlandi.

Ilhom Sobirov 1974-yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Guliston davlat universitetini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat kurilish akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida “O‘zpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida shoʻba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты