Huawei 1
Ilk bor O‘zbekistonda chet el chigitini ekishga ruxsat berildi

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Yig'ilishda bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berilgani aytib o'tildi. 

Lekin, shu paytgacha Paxtachilik kengashi, Karantin agentligi, viloyat hokimlari bir to‘xtamga kelib, qayerdan, qanday navli urug‘ olib kelib, qayerga ekishni hal qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan bir oy muddatda xorijdan 3 ming tonna urug‘lik chigitni olib kelish topshirildi. Umuman, joriy yilda 100 ming gektarda yuqori hosildor xorijiy paxta navlarini ekish muhimligi taʼkidlandi.

O‘tgan yili g‘alla hosili ilk bor 8 million tonnaga yetdi.

Fermerlar manfaatdorligini yana-da oshirish uchun bu yil g‘allachilikda ham yangiliklar qilinishi taʼkidlandi.

Joriy yilda paxtadagi kabi g‘allada ham imtiyozli kreditni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerga berish tizimi joriy qilinadi.

Bundan tashqari, davlat resursi uchun xarid qilingan bug‘doyni daladan tashib kelish va saqlash xarajati 2024 yilda ham to‘liq byudjetdan qoplanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты