O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentining Nijniy Novgorod viloyatidagi qarorgohiga hujum qilishga urinishni qat’iy qoraladi.

Bunday xatti-harakatlar barqarorlik va xavfsizlikka, shu jumladan uzoq muddatli tinchlikka erishishga qaratilgan sa’y-harakatlarga tahdid solishi ta’kidlandi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Suhbat yakunida yetakchilar kirib kelayotgan yangi – 2026-yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va farovonlik, ikki mamlakatning birodar xalqlariga esa tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123016 | Инструменты