Bayram kunlari munosabati bilan Poytaxt Parking avtoturargohlaridan foydalanish tartibiga vaqtinchalik yengillik kiritildi. Ma’lum qilinishicha, 31 dekabr sanasidan 4 yanvargacha Poytaxt Parking’ning barcha belgilangan to‘xtash joylari bepul bo‘ladi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror yangi yil kunlari poytaxtda harakatlanishda haydovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, transport oqimini tartibga solish va aholi hamda mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Shu bilan birga, haydovchilardan belgilangan to‘xtash qoidalariga amal qilish, yo‘l belgilarini inobatga olish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash va tartib-qoidalarga rioya etgan holda parkovka xizmatlaridan foydalanish so‘ralmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123014 | Инструменты