Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasini ishga tushiriladi

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berildi.

Jumladan, ipak qurtini xonadonlarga tarqatib, o‘rma tutzor tashkil etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha tizim yaratiladi.

Ozuqa-yem bazasini ko‘paytirish uchun bu yil dalalar atrofida 150 million yangi navli hosildor tut ko‘chatini ekish topshirildi.

Ipakchilik instituti huzurida 2 ta naslli urug‘lik stansiyasini ishga tushiriladi. Institutga xitoylik mutaxassislar taklif qilinib, naslli ipak qurti zotlarini yaratish boshlanadi.

Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatiga ilg‘or tajribalar asosida qishloq xo‘jaligining har bir tarmog‘ini rivojlantirish, sohaga innovatsiyalarni olib kirish bo‘yicha takliflar va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqib, taqdimot qilish topshirildi.

Bugun belgilab berilgan vazifalar ijrosi uchun masʼuliyatni, intizom va nazoratni kuchaytirish talabi qo‘yildi.

Topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasida shtab tashkil qilinadi. Shtabda kunlik nazorat va haftalik muhokama qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

"Har bir rahbar samaradorlik va talabchanlikni sezishi kerak, qog‘ozdagi raqamlar amaliy natijaga aylanishi shart va zarur", - dedi Prezident so‘zining yakunida.

Yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi masʼullari va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты