Samarqandda bo‘lib turgan Italiya prezidenti Serjo Mattarella Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva hamrohligida Registon maydoniga bordi.
Registon majmuasidagi Sherdor madrasasida Serjo Mattarellaga O‘zbekiston-Italiya arxeologik eskpeditsiyasi tomonidan Samarqand tumanidagi Kofirqalʼa arxeologik obyektidan topilgan noyob tarixiy ashyolar namoyish etildi. Shuningdek, yigirma yildan buyon faoliyat olib borayotgan mazkur qo‘shma ekspeditsiyaning rejalari haqida maʼlumot berildi.
Ilk o‘rta asrlarga oid Kofirqalʼa arxeologik yodgorligi Samarqand hukmdorlarining shahar tashqarisidagi qarorgohi bo‘lgan.
Italiya Prezidenti ekspeditsiya ishiga yuqori baho berib, ularning ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты