O'zbekiston tashqi ishlar vaziri elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kanada elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Ostona shahrida) Alan Hemsondan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
"Kanadaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Alan Hemson janoblari bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Janob Hemsonning mintaqamiz bo'yicha boy tajriba va bilimga egaligini qadrlaymiz. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob Elchining O'zbekiston-Kanada ikki tomonlama munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro'yobga chiqarishga hissa qo'shish borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga tayyor".
Alan Hemson 2021-2024-yillarda O'zbekistondagi elchi lavozimida akkreditatsiyadan o'tgan (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Lekler o'rniga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90501 | Инструменты