Huawei 1
Kasim-Jomart Tokayev: Agar biz hozir axborot almashinuvni yo‘lga qo‘ysak, ko‘p natijalarga erishamiz

Oliy Majlis Senatida Qozog‘iston respublikasi yuqori palatasi raisi Kasim-Jomart Tokayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev kutib oldi. Delegatsiya tarkibi Qozog‘iston respublikasi senatining mas’ul xodimlari va qo‘mita rahbarlaridan iborat. Bugungi kunda Qozog‘iston dunyo maydoni va mintaqamizdagi eng asosiy hamkorlarimizdan biri hisoblanadi. 1998-yilnnig o‘zida ikki mamlakat o‘rtasida abadiy do‘stlik shartnomasi imzolangan edi.  Davlatlarimiz rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev o‘rtasidagi do‘stona munosabat hamda ularning tashabbuskorliklari esa ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga turtki bo‘lmoqda. Deyarli barcha sohalarda mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, jumladan, parlamentlararo munosabatlarda ham.

Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev:  

Bizning xalq O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning  barcha yo‘nalishlarida jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan kuzatmoqda va ikki tomonlama hamkorlikning yangi, pozitiv yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Hamkorlikning jihatlariga keladigan bo‘lsak, parmalentlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalarda aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.  Biz hukumatlarimizga qaysi yo‘nalishda va qanday ishlash, nimalarga e’tiborni qaratish lozimligi bo‘yicha takliflar bera olamiz. Agar biz hozir axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysak, ko‘p natijalarga erishamiz, deb o‘ylayman.

Uchrashuv davomida ikki mamlakatning Senatlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, parlamentlaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlar borasida ham so‘z bordi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50108 | Инструменты