Huawei 1
Kim Nam Sok O‘zbekistonning IT yo‘nalishi bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘ldi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya Respublikasi xavfsizlik va davlat boshqaruvi vazirining birinchi o‘rinbosari (2012-yilgacha) hamda O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirining sobiq o‘rinbosari Kim Nam Sok bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlikda IT sohasinini yanada rivojlantirish, Koreyadagi yetakchi IT kompaniyalarni yurtimizga jalb qilish, masalalari muhokama qilindi.

Kim Nam Sok joriy yilning aprel oyida Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbirida so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi aloqalar har sohada mustahkamlanib borayotgani, ushbu aloqalarning mustahkamligi ikki davlat uchun juda katta foyda ekanligi hamda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor haqida alohida to‘xtalib o‘tgan edi.

Shu bilan birga, bugungi uchrashuv davomida O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, joriy etilgan imtiyozlar haqida suhbatlashildi hamda IT va xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Kim Nam Sokka Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekistonning IT bo‘yicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi bo‘lish taklif etildi.

Kim Nam Sok nutqi davomida O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha mamlakat Prezidenti qo‘llab quvvatlashi natijasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi hamda ushbu sharafli vazifani qabul qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63003 | Инструменты