29-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Turkiy davlatlar tashkiloti shafeligida Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi tuzildi

Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi ta’sis etilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir va alyans ishtirokchilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi

Voqea 25-iyun kuni kechki payt sodir bo‘lgan, yashin qarovsiz uyga tushib, yong‘inga sabab bo‘lgan.

Kichik AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi - "O‘zatom" vakili

O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha mahalliy jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi direktori maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov ma’lum qildi.

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

O‘zbekiston elchisi Kanada General-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi Furqat Sidiqov Kanada General-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga keladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari 29-iyun kuni boshlanadi.

O‘zbekiston prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisini tabrikladi

Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

DXX: Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida Tojikistondan olib kelingan jami 25,8 kg “gashish” giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Buxorodagi bog'chada tarbiyalanuvchi bolaga jarohat yetkazildi

Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi lavozimidan ozod etildi

O‘zbekistonning Shvetsiya qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlab kelayotgan Nodir G‘aniyev lavozimidan ozod etildi.

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi

Hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekistonning 5 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

30-iyundan 1-iyulgacha kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida  sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Ispaniya qurilish sektoriga O‘zbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin

Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Ispaniyada qurilish sohasida katta rejalar borligini, xususan 200 mingta davlat ko‘chmas mulk obyektlarini barpo etish hamda ushbu binolarni qurish uchun 700 ming nafar ishchilarni jalb qilish ko‘zda tutilganini maʼlum qildi.

Toshkentdagi mehmonxonalardan birida janjal qilgan 3 nafar qiz 10 kunga qamaldi

Aniqlanishicha, ular Chilonzor tumanida joylashgan mehmonxona oldida ikki nafar shaxslar bilan janjallashib, baqir-chaqir qilishib, shu atrofda yashovchi aholining osoyishtaligini buzishgan.

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashib, uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Jinoyat kodeksi yana bir javobgarlik bilan to‘ldirilyapti

Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

AQSHning Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi O‘zbekistonga ijtimoiy himoya tizimini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, YUNISEF va Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi hamkorligida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70201 | Инструменты