Koreya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston sinov poyezdi yo‘lga qo‘yildi

Lyanyungan portidagi Qozog‘iston – Xitoy logistika terminalida Koreya – Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha sinov poyezdini ishga tushirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi “Qazaqstan temіr joli” MK” AJ matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

QTJ xabariga ko‘ra, xalqaro savdo hamkorligi uchun muhimligi taʼkidlangan ushbu tadbirda to‘rt davlatning temir yo‘l maʼmuriyati vakillari ishtirok etdi.

7 ming kilometr masofani bosib o‘tadigan, avtomobil ehtiyot qismlari yuklangan tarkib mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning yangi yo‘llarini ochadi.

Qo‘shma multimodal yuk tashish rivoji yo‘lidagi umumiy intilishni namoyon etadigan mazkur loyiha mintaqalararo savdo hamkorligida yangi sahifa ochadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70310 | Инструменты