Ma’muriy sudlar tomonidan davlat organlarining minglab qaror va harakatlari qonunga xilof deb topildi

Joriy yilning 9 oyida ma'muriy sudlar tomonidan 13 440 ta ommaviy nizo ko'rib chiqilib, buning natijasida 4 497 ta fuqaro va yuridik shaxsning huquqlari tiklandi. Bu haqda Oliy sudning Telegramdagi kanalida xabar berildi.

Ma'muriy va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi 4 934 ta ariza ko'rilgan bo'lib, haqiqiy emas deb topilgan qarorlar 1 906 tani tashkil etgan.

Jumladan, mahalliy hokimliklarning 1 153 ta qaroridan 345 tasi, soliq organlarining 2 155 ta qaroridan 843 tasi, kadastr agentligining 2 739 ta qaroridan 730 tasi haqiqiy emas deb topilgan.

Shuningdek, 7 594 ta ariza (shikoyat) asosida mansabdor shaxslarining 2 332 ta harakati (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilgan.

Hisobot davrida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida 1 267 ta xususiy ajrim chiqarilib, ma'muriy va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlariga yuborilgan.

Viloyat va unga tenglashtirilgan ma'muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 2 524 ta ish ko'rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 379 ta qaror bekor qilinib, 15 ta qaror o'zgartirildi.

Kassatsiya tartibida 982 ta ish ko'rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 154 ta qaror bekor qilinib, 14 ta qaror o'zgartirildi.

Taftish tartibida 1 316 ta ish ko'rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 170 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror o'zgartirildi.

Oliy sudning Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan taftish tartibida 213 ta ish ko'rib chiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 102 tasi bekor qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110217 | Инструменты