Huawei 1
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov saylovda ovoz berdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 531-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovda ovoz berdi.

"Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari saylovida o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.

Siz ham o‘z kelajagingizga befarq bo‘lmang", deydi vazir.

Ma'lumot o'rnida, saylovda beshta: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Ekologik partiya, Xalq demokratik partiyasi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ishtirok etmoqda. Bu muhim voqea “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida, rivojlangan ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tmoqda.

O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar o‘zlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa proporsional tizim bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102716 | Инструменты