Huawei 1
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov saylovda ovoz berdi

Farg‘ona viloyatida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlariga saylovlar qizg‘in davom etmoqda.

Yigirmaga yaqin xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlari, saylov uchastkalarida ovoz berishni tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda. Har bir saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi 88-saylov uchastkasida o‘zi munosib bilgan nomzod uchun ovoz berdi.

Mazkur saylov uchastkasida 2754 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, 37 nafari ilk bor ovoz beruvchi yoshlardir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102716 | Инструменты