Huawei 1
Gruziyada parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi

Gruziyada 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida byulletenlarning 99,2 foizi ko‘rib chiqilgach, hukmron “Gruziya orzusi” 54,23 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda. Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, muxolifatdagi “O‘zgarishlar koalitsiyasi” 10,8 foiz ovoz oldi.

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili tuzgan muxolifatchi “Milliy harakat” partiyasi a’zo bo‘lgan “Gruziyani qutqarish uchun birlik” koalitsiyasi 10,1 foiz ovoz to‘pladi.

Tadbirkor va TBC Bank asoschisi Mamuka Xazaradzening “Lelo” partiyasi atrofida birlashgan “Kuchli Gruziya” 8,7 foiz ovozga ega.

Gruziyaning sobiq bosh vaziri Giorgiy Gaxariya boshchiligidagi “Gruziya uchun” partiyasi 7,7 foiz ovoz oldi.

Boshqa partiyalar 5 foizli to‘siqdan o‘tolmadi.

Saylov uchastkalari yopilish vaqtida saylovchilarning 58,94 foizi ishtirok etdi, jami 2 million saylovchi ovoz berdi.

“Gruziyani qutqarish uchun birlik” va “O‘zgarish uchun koalitsiya” saylov natijalarini tan olmasligini va norozilik namoyishlarini boshlash niyatida ekanini bildirdi.

Transparency International Georgia ijrochi direktori Eka Gigauri ham saylov natijalarini tan olmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorni ko‘plab nodavlat tashkilotlar qo‘llab-quvvatlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102718 | Инструменты