Huawei 2
Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston prezidentining Xitoy xalq respublikasiga tashrifi doirasida Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi o‘rtasida “Havo ipak yo‘li”ni birgalikda barpo etish to‘g‘risida kelishuv imzolanganligi haqida xabar berilgan edi.

17-21-iyun kunlari Xitoyning Sian shahrida mazkur kelishuv shartlarining ijrosi yuzasidan hamkorlik bo‘yicha "C5+1 Xitoy-Markaziy Osiyo fuqaro aviatsiyasi" konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlarining aviatsiya hukumatlari va aviatsiya korxonalari, Xitoy tomonidan Xitoy fuqaro aviatsiyasi administratsiyasi, COMAC fuqaro aviatsiyasi havo kemalarini ishlab chiqarish korxonasi, bir qator aviakompaniyalar hamda Xitoy aeroportlarini boshqaruvchi davlat tashkilotlari qatnashdi.

O‘zbekiston tomonidan Transport vazirligining havo transport boshqarmasi hamda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbar va xodimlaridan iborat delegatsiya konferensiyada ishtirok etdi. Tadbir davomida Transport vazirligi delegatsiyasi tomonidan hozirgi kunda O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Xitoy hamda qo‘shni mamlakatlar bilan aviatsiya aloqalarini yanada yaxshilashga qaratilgan kelgusidagi rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Konferensiyadan asosiy maqsad tarixiy buyuk ipak yo‘li asosida havo ipak yo‘lini barpo etish, iqtisodiy hamkorlik, aviatashuvlar bozorining liberallashuvi, mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovlari orqali savdo-iqtisodiy masalalarni yanada rivojlantirish, aviayo‘lovchi va yuk oqimi, tovar va xom ashyolar aylanmasini yanada oshirish va aviatashuvlar bo‘yicha yagona tizimni yaratishdan iborat.

Konferensiya yakuniga ko‘ra tomonlar “С5+1 Xitoy-Markaziy Osiyo fuqaro aviatsiyasi" konferensiyani har yili 1-mart sanasida navbat asosida hamkorlikka a’zo mamlakatlarda o‘tkazilishiga va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты